Xorazm markaziy tug'ruqxonasi

banner img

Jarrohlik bo'limi

  • Home
  • Jarrohlik bo’limi

Yo'nalish

Jarrohlik bo’limi

“Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” Xorazm filialining Jarrohlik bo‘limi ona va bola sog‘lig‘ini saqlash va tiklash borasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan muhim klinik bo‘linmalardan biridir.

Jarrohlik bo‘limida zamonaviy tibbiy texnologiyalar, yuqori darajadagi diagnostika vositalari va ilg‘or operatsion uslublar asosida keng ko‘lamdagi jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Bo‘limda asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi: 

  • Pediatrik jarrohlik: tug‘ma nuqsonlar, g‘ayritabiiy rivojlanishlar, shoshilinch holatlar bo‘yicha operatsiyalar
  • Ginekologik jarrohlik: ayollar reproduktiv tizimi bilan bog‘liq patologiyalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash.
  • Laparoskopik operatsiyalar: minimal invaziv usullar orqali diagnostika va davolash
  • Travmatologik va ortopedik aralashuvlar: tug‘ma yoki orttirilgan suyak va bo‘g‘im nuqsonlarini tuzatish.

Bo‘limda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘z sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, muntazam ravishda malaka oshirish kurslarida ishtirok etadilar. Jarrohlik bo‘limi zamonaviy reanimatsiya va postoperatsion kuzatuv xonalari bilan ta’minlangan bo‘lib, bemorlarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 

Bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi – ona va bola hayoti va sog‘ligini asrash, jarrohlik aralashuvlar samaradorligini oshirish, shuningdek, sog‘lom avlodni shakllantirishga hissa qo‘shishdan iborat. 

Doktorlar

Yulduz Shamshetdinovna Muhammadova

Asoratli chaqaloqlar bo'limi mudiri

Maynaxon Shuxratovna Vaisova Lavozimi:

Chaqaloqlarni jonlantirish bo'limi mudiri