Laparoskopik amaliyotlar
- Home
- Laparoskopik amaliyotlar
Shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat Batafsil o‘qish
Laparoskopik amaliyotlar — bu zamonaviy, past invaziv (kam kesiladigan) operatsion usul bo‘lib, bemorning qorin devorida kichik teshiklar orqali maxsus asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bu usul an’anaviy ochiq jarrohlikdan farqli o‘laroq, bemor uchun xavfsizroq, og‘riqsizroq va tiklanish davri ancha qisqa bo‘ladi.
RIOBSIATM Xorazm filialida laparoskopik amaliyotlar yuqori malakali jarrohlar tomonidan, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy laparoskopik uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Markazda faoliyat yuritayotgan jarrohlar laparoskopik amaliyotlar bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslarini tamomlagan, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Operatsiyalar Full HD vizualizatsiyali laparoskopik minoralar, elektrokoagulyatorlar, troakarlar va boshqa ilg‘or asboblar bilan jihozlangan operatsion xonalarda amalga oshiriladi.